Tolibjon Qosimov ota bo'ldi!

Narzulla Saydullayev
1 noya 2014
Bugun saytimiz xodimi Tolibjon Qosimov xonadonida chaqaloq yig'isi eshitildi.
Sizu-bizga futzal xabarlarni tezkorlik bilan etkazib berayotgan saytimizning eng faol xodimlaridan biri bo'lgan Tolibjon Qosimov ota bo'ldi! Yaratgan unga o'g'il farzand inom etdi.

Biz saytimizning ijodiy jamoasi va barcha muxlislari nomidan Tolibjon Qosimovni va uning oilasini tabriklab qolamiz. Kichkintoy otasiga o'xshab yurtga foydasi tegadigan inson bo'lishini tilaymiz.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia