
Tojikiston Respublikasi prezidenti rasmiy saytining ma'lum qilishicha, mamlakat hukumati a'zolari "2017-2021 yillarda Tojikiston Respublikasida futbolni rivojlantirish davlat programmasi" loyihasini ko'rib chiqishdi.
Mamlakatda futbolni rivojlantirishning bu bosqichi bolalar va o'smirlar futbolining rivojlanishi uchun sharoit yaratish, xalq orasida futbolni ommalashtirish, milliy chempionat darajasini oshirish, Tojikiston terma jamoalarining yagona tayyorgarlik tizimini yaratish va boshqalarga qaratilgan.