Tojikiston finalda!

Narzulla Saydullayev
10 okt 2018, 11:05
Shu kunlarda Bangladesh mamlakatida Bangabandhu Gold Cup xalqaro musobaqasi davom etmoqda.

Unda qo'shnilarimiz Tojikiston terma jamoasi ishtirok etmoqda.

Kecha Alisher To'xtaev boshchiligidagi jamoa yarim finalda Filippin bilan to'qnash keldi. Mazkur bahsda tojikistonliklar ikki taymda bittadan gol urib g'alaba qozonishdi - 2:0. Finalda Tojikistonning raqibi yoki Bangladesh yoki Falastin bo'ladi. Bu jamoalar o'rtasidagi yarim final bugun, 10 oktyabr kuni bo'lib o'tadi.

Eslatib o'tamiz, bu musobaqada jami 6ta terma jamoa ikki guruhga bo'lingan holda ishtirok etdi.


Bangabandhu Gold Cup xalqaro musobaqasi

Yarim final

Filippin – Tojikiston – 0:2

Gollar: 
Komron Tursunov, 31 (0:1). Axtam Nazarov, 90+7 (0:2).

Tojikiston: Rustam Rizoev, Siyovush Asrorov, Xurshed Beknazarov, Amirbek Jo'raboev (Oybek Abdug'afforov, 90+10), Tabrezi Davlatmir, Axtam Nazarov, Muhammadjon Rahimov (Nozim Bobojonov, 70), Hikmatullo Rasulov, Fatxullo Fatxulloev, Komron Tursunov, Jahongir Ergashev (Komroni Mirzonajot, 88).

Ogohlantirishlar: Yan Klarino, Anxel Guirado (Filippin), Muhammadjon Rahimov (Tojikiston).

Bosh hakam: Mahmud Al-Majarafi (Ummon).

9 oktyabr. Koks-Bazar (Bangladesh).

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia