Tite Neymardan sardorlik bog'ichini olib qo'yishi haqida: "Avval u bilan gaplashib olmoqchiman"

17 may 2019, 21:30
Braziliya termasi bosh murabbiyi Tite Amerika kubogida unga sardorlikni ishonib topshirmasligi mumkinligi borasidagi xabarga fikr bildirdi.

"Avval, o'zim Neymar bilan gaplashib olmoqchiman. Suhbat telefon orqali emas, yuzma-yuz bo'ladi. Bu haqda hozir gapirmayman", - dedi Tite.

Avvalroq, PSJ hujumchisi milliy termaga sardor bo'lmasligi mumkinligi haqida xabar berilgandi. Bunga sabab sifatida Fransiya kubogi finalida "Renn"ga qarshi o'yin paytidagi tortishuv ko'rsatildi. Neymar muxlisga zarba bergani uchun 3 ta bahsga diskvalifikaciya qilingandi. 

O'xshash yangiliklar


Manba: globoesporte.globo.com