Timo Verner "Real" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi

Alisher
29 iyul 2022, 15:54
Madridning "Real" klubi "Chelsi" hujumchisi Timo Verner bilan ushbu yozda shartnoma imzolashga qiziqmoqda.

"Real" nemis uchun kurashda "Arsenal" va "Yuventus" tomonidan raqobatga to'qnash keladi.

Verner o'tgan mavsum "aristokratlar" tarkibida 37ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol va 6ta assist qayd etdi.

Hujumchining klub bilan shartnomasi 2025 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Defensa Central