Tiago Silva o'z ramziy terma jamoasiga Neymar va Ibragimovichni kiritdi

Narzulla Saydullayev
28 dek 2014, 16:00
Pari Sen-Jermen va Braziliya terma jamoasi himoyachisi Tiago Silva o'zining ramziy terma jamoasini e'lon qildi.
30 yoshli futbolchi unga quyidagi futbolchilarni kiritdi: Julio Sezar - Maykon, Tiago Silva, Nesta, Marselo - Pirlo, Zeedorf, Tiago Motta - Ronaldinyo, Neymar va Ibragimovich.

Eslatib o'tamiz, Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Dunga Silvadan sardorlik bog'ichini olib qo'yib Neymarga bergandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru