

Biroq futbolchining vakili ushbu xabarlar asossiz ekanligini xabar qildi.
"Shukurovga BAA, Saudiya Arabistoni, Turkiya Superligasining o'zidan va Yevropaning boshqa klublaridan taklif bor. Biroq ayni vaqtda "Kayserispor"da transfer taqiqi bo'lgani sababli Shukurovni katta ehtimol bilan sotmaydi", - deb fikr bildirgan Shukurovning vakili.
Ma'lumot uchun, Shukurov "Kayserispor" safiga joriy yilning qishida kelib, qo'shilgandi. Hamyurtimiz hozircha joriy mavsum jamoasi safida Turkiya Superligasida maydonga tushmadi.



