Terma jamoa. Janubiy Sudanning darajasi haqida

Telegramdagi "qizil VAR" kanali O'zbekiston milliy terma jamoasining Dubayda o'tayotgan yig'ini haqida yozdi.

O'FA matbuot xizmati Srechko Katanets boshchiligidagi terma jamoamizning Janubiy Sudanga qarshi nazorat uchrashuvida ishtirok etishini ma'lum qildi

Transfermarkt portaliga e'tibor qilsangiz, bu jamoa tarkibida yarim nafar ham yulduz yo'qligiga guvoh bo'lasiz. Dahshatli tomoni shundaki, Janubiy Sudan terma jamoasi tarkibining umumiy qiymati 225 ming evroga teng (faqat 2 futbolchiga narx belgilangan, qolganlarni "it tanimaydi"). 

Solishtirish uchun, Pro liganing o'tgan mavsumida so'nggi pog'onani band qilgan "Aral Samali" klubi futbolchilarining umumiy qiymati Janubiy Sudan terma jamoasidan 3 martaga qimmatroq.

Afrika jamoasi FIFA reytingida 167-o'ringa joylashgan. Tasavvur qilib olishingiz uchun aytamiz: Bermud orollari va Nepal darajasidagi raqib. 

To'g'ri, pandemik vaziyat O'FAning ishini qiyinlashtirgani bor gap. Lekin, "Aral Samali"dan kuchsizroq terma yoki "Al Vahda" klubi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish uchun katta xarajat qilib, Dubayga borish shartmidi? Undan ko'ra, Farg'onadagi hokim kubogiga qatnashish maqul emasmi? Ham arzon tushadi, ham raqiblarning darajasi kuchliroq...


P/S. Muallif fikri tahririyat nuqtayi nazariga mos kelmasligi mumkin.


Manba: "қизил ВАР"