Ter Shtegenning qishda "Barselona"dan ketishi inkor qilinmayapti

Mirjalol Normatov
18 okt 2025, 00:46
Mark-Andre ter Shtegen qishda "Barselona"dan ketishi mumkin.

Florian Plettenbergning ma'lumotiga ko'ra, klubdagilar uning qishda ketishiga qarshilik qilmaydi. Biroq posbonning o'zi hali bir qarorga kelmagan.

Agarda "Barselona"da qolib, zaxirada o'tirib qolsa, 34 yoshga kiradigan posbon JCH-2026ni o'tkazib yuborish xavfi ostida turibdi.

Ayni damda ter-Shtegen jarohatini davolash bilan band va u ushbu mavsumda o'yinlarda qatnashganicha yo'q.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: x.com/Plettigoal