Ter Shtegen La Ligada qoyilmaqom ko'rsatkich qayd etmoqda
11 fev 2019, 09:45
“Barselona” darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen “Atletik” qarshi bahsda jamoasini bir necha marta goldan qutqardi.
26 yoshli darvozabon La Liga doirasida o'tkazilgan so'nggi 6 ta o'yinda darvozasiga aniq yo'llangan 34 ta zarbadan 30 tasini bartaraf etishga muvaffaq bo'ldi. Bu o'yinlardan 3 tasida u o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.