Ter Shtegen jarohat sabab "Barselona"ning "Betis" bilan o'yinini o'tkazib yuboradi

Alisher
7 may 2022, 13:55
"Barselona" darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen "Betis"ga qarshi Ispaniya chempionati 35-tur doirasidagi o'yinni o'tkazib yuboradi.

Bu haqda kataloniyaliklar matbuot xizmati xabar bermoqda.

30 yoshli nemis jarohat oldi va o'yin uchun qaydnomaga kirmadi. Futbolchining tiklanish muddati ma'lum qilinmagan.

Ter Shtegen 2021/22 yilgi mavsum 45ta o'yinda maydonga tushdi. 

Eslatib o'tamiz, "Betis" - "Barselona" o'yini bugun bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: fcbarcelona.com