Ter Shtegen: "Agar to'g'ri tushungan bo'lsam, Messi va Neymar ham oddiy odam"

Aslanov Jasurbek
14 okt 2014, 15:47
"Barselona" darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen jamoa hujumchilari Lionel Messi va Neymar nomiga iliq so'zlarni aytdi.

"Hamma tinchlansin: ular to'laqonli oddiy odam. To'g'ri tushungan bo'lsam, ular ham ovqatlanadi, ichimlik ichadi va hokazo. To'p bilan muomala qilishini esa gapirishning keragi yo'q. Ahmoq qancha muvaffaqiyatga erishishidan qatiy nazar u men uchun ahmoqligicha qoladi. Ammo jamoamizda barcha ajoyib insonlar yig'ilgan" - deydi ter Shtegen.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com