Ten Xag: "Biz g'alabaga loyiq bo'ldik"

Aziz Tukhtamuradov
7 dek 2023, 08:12
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag "Chelsi" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (2:1) o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Men doimo nimadandir norozi bo'lishim mumkin, ammo o'yinimiz va natijadan mamnunman. Biz bunga loyiq edik. Dastlabki 30 daqiqada maydonda ajoyib o'ynadik. 

Gol o'tkazib yubormasligimiz ham mumkin edi, ammo biz o'sha payt "o'chib qoldik". Hali yana bir necha qadam bor, biz to'g'ri yo'nalishda harakatlanyapmiz. Bu yaxshi jamoa bo'ladi va loyiha ham yaxshi bo'ladi", - dedi ten Xag.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: BBC