Temurxo'ja Abduxoliqov: "Omad bizning tomonda bo'ldi"

Mirjalol Normatov
17 avg 2019, 23:16
Coca Cola Superligasi 17-turi doirasida "Nasaf"ga qarshi o'yindan keyin "Lokomotiv" hujumchisi Temurxo'ja Abduxoliqov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- "Nasaf" - yosh futbolchilardan tashkil topgan ajoyib jamoa. Bugun ular yaxshi harakat qilishdi. Omad esa bizning tomonda bo'ldi. Hudoga shukur, muhim o'yinda g'alabaga erishdik.

- Statistikaga qaraydigan bo'lsak, bugun "Nasaf" to'pni ushlab turish borasida "Lokomotiv"dan o'tib ketdi. Bunga nima sabab bo'ldi deb o'ylaysiz?

- Har doimgidek bugun ham biz to'pni o'zimizda ko'proq ushlab turishni niyat qilgandik. To'g'risi bilmadim. To'pni raqiblarga topshirib qo'ydik, buni tan olaman.

- Yangi bosh murabbiy taktikasiga ko'nikish jarayoni qanday ketmoqda?

- Unchalik qiyin bo'lmayapti. Tarkibda yangi futbolchilar bo'lgani uchun hozirda o'yinni shakllantirish borasida kichik qiyinchiliklar bo'lmoqda. Ammo bu o'tib ketadi. Bir-birimizni qo'llab-quvvatlab, dalda bo'lib kelyapmiz.

- So'nggi paytlarda kam gol uradigan bo'lib qoldingiz.

- Vaziyatlardan foydalanish qiyin bo'lmoqda. Ammo o'yin sifatimiz unchalik yomon emas.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia