Tarixdan lavhalar: “Barselona” – “Bunyodkor” 1:1. Video

Narzulla Saydullayev
23 avg 2013, 11:28
Bundan-buyon veb-saytimizda “Tarixdan lavhalar” rukni ostida jamoamiz bilan bog'liq eng esda qolarli videoroliklarni namoyish etib boramiz.
Ilk videolavhani “Bunyodkor”ning tarixiy o'rtoqlik uchrashuvidan boshlamoqchimiz. Ko'pchilikka yaxshi ma'lumki, 2009 yilning 9 yanvar sanasida “qaldirg'ochlar” Ispaniyada yig'in tashkil etishgan va unda Kataloniyaning “Barselona” jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvida kuch sinashishgan edi. “Barsa”ning ikkinchi uy arenasi “Mini Estadi” stadionida o'tgan uchrashuvda tomonlar murosa ko'chasini tanlashgan edi – 1:1. Mezbonlardan Karles Puyol kiritgan golga Server Jeparov javob qaytargandi.

Quyida ushbu uchrashuv qaydnomasi va videolavhasini bilan tanishasiz.

“BARSELONA” – “BUNYODKOR” 1:1 (1:1)
Gollar: Karles Puyol 21 (1:0), Server Jeparov 37 (1:1)
“Barselona”: Albert Xorkera, Daniel Alves, Martin Kaseres, Karles Puyol, Silvino, Seydu Keyta, Eydur Gudyonsen, Xavi, Lionel Messi, Samuel Eto’O, Terri Anri
“Bunyodkor”:
1-taym: Pavel Bugalo, Aleksandr Xvostunov, Luizao, Gochguli Gochguliev, Sahob Jo'raev, Yannis Mandzukas, Jasur Hasanov, Server Jeparov, Timur Kapadze, Ulug'bek Baqoev, Xose-Luis Vilyanueva
2-taym: Murodjon Zuhurov (Muhiddin Xudoyorov 80), Shavkat Raimqulov, Hayrulla Karimov, Timur Yafarov, Sahob Jo'raev, Viktor Karpenko, Erkin Boydullaev, Anvar Raximov, Shavkat Salomov, Bahodir Pardaev, Anvarjon Soliev
09.01.2009. Kataloniya. “Mini Estadi” stadioni

mytube.uz (TAS-IX da)


youtube.com da (TAS-IX emas)



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com