Tailand terma jamoasi a'zosi: "Fransiyalik futzalchilar baquvvatroq va gavdasi yirikroq edi"

Абдулвосит Бектемиров
27 sen 2024, 21:36
Jahon chempionati 1/8 final doirasidagi Tailand - Fransiya (2:5) uchrashuvdan so'ng Tailand terma jamoasi a'zosi Chaemchareon Apivat o'yin haqidagi fikrlari bilan bo'lishdi.

"Qiziqarli o'yin guvohi bo'ldik. Ikki jamoa ham bugun chiroyli o'yin namoyish etdi. Kichik xatolarga yo'l qo'ydik va raqib ushbu imkoniyatlardan foydalana oldi. Xatolarimiz tufayli hisob bunchalik yirik ko'rinish oldi. Fransiyalik futzalchilar ancha baquvvatroq va gavdasi yirikroq edi. Ular kichik ustunlikga ega edilar. Afsuski, musobaqani tark etdik va barcha tailandliklardan kechirimi so'raymiz" - dedi Chaemchareon Apivat.



Fransiya Tailandni 5:2 hisobida taslim etdi


Абдулвосит БектемировMuallif
Manba: championat.asia