Tachmurod Agamurodov: "Paxtakor" ustidan g'alaba shogirdlarimga kuch bag'ishlaydi"

Narzulla Saydullayev
5 iyul 2013, 12:45
“Buxoro” – “Paxtakor” o'yinidan keyin tashkillashtirilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida "Buxoro" ustozi Tachmurod Agamurodov qatnashdi.
"Paxtakor"dek jamoaga qarshi har qanday jamoa qiynaladi, ular bilan o'ta extiyotkor va tartibli o'ynash talab etiladi”.

“O'yinni ko'rdinglar, ancha chiroyli, professional va tartibli bo'ldi. Uchrashuv boshida futbolchilarimizda ozgina hayajon sezilib turdi. Lekin ular tezda bu  holatdan chiqib ketishni uddalashdi va maydonda o'z hukmronliklarini o'rnatishdi”.

“Gol kiritilganidan so'ng futbolchilarimizning o'zlariga ishonchlari yanada ortdi va natijada asosan to'p buxoroliklar nazoratida bo'ldi”.

“Eng asosiysi, futbolchilarim topshiriqlarimni 100 foiz bajarishdi va barchaga kuchli raqibga qarshi bemalol o'ynash mumkinligini ko'rsatib qo'yishdi”.

“Bu g'alabadan so'ng yigitlarda o'zlariga ishonch yanada ortadi va ikkinchi davrada bundanda yaxshiroq  natijalarga erishamiz deb o'ylayman”.

“Bu futbol, kecha "Paxtakor" sharafini himoya qilganlar bugun "Buxoro" libosida sobiq jamoalarini mag'lubiyatga uchratishdi”.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfkbuxoro.uz