Surxondaryoda ikkita sun'iy qoplamali futbol maydoni qurildi

17 dek 2013, 21:48
Mamlakatimizda bolalar sportini yanada rivojlantirishga qaratilayotgan doimiy e'tibor tadbirkorlik subektlarining ham bu boradagi faolligini oshirishga xizmat qilmoqda.
  Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi “Bexruz stroy universal” mas'uliyati cheklangan jamiyati shular jumlasidandir.

Mazkur korxona rahbari Fazliddin Hasanov O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining moliyaviy ko'magida tumandagi Kilkon mahallasida "Sherobod grand" sport majmuasini barpo etdi. Majmuaning ellik sotix maydonni egallagan ikkita sun'iy qoplamali futbol maydoni zamon talablariga mos jihozlandi. Yuvinish, kiyinish va murabbiylar xonalari hamda mashg'ulotlar zallarida barcha qulaylik yaratilgan.

Manba: uza.uz