Suriyalik Umar Al Soma Eron bilan bahsda g'alabaga umid qilmoqda

Narzulla Saydullayev
4 sen 2017, 16:31
Suriya terma jamoasi hujumchisi Umar Al Soma JCH-2018 saralash bosqichida Eron bilan bo'lib o'tadigan uchrashuvda zafar quchishiga ishonmoqda.

Agar, seshanba kuni bo'lib o'tadigan bahsda Janubiy Koreya O'zbekistondan mag'lubiyatga uchrasa, Suriya ikkinchi o'rinni egallashi va kelgusi yil Rossiyada bo'lib o'tadigan Jahon chempionatiga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmani qo'lga kiritishiga imkon tug'iladi.

Saudiya Arabistonining “Al Ahli” klubida o'ynaydigan Suriyaning  eng mashhur futbolchisi terma jamoaga qaytishini Qatar bilan o'yinda g'alaba bilan nishonladi.

“Yaratganga shukur, terma jamoaga qaytganim juda yaxshi bo'ldi”, - deydi Al Soma o'yindan so'ng.

“Xalqimizga quvonch ulasha olamiz deb umid qilaman”.

“Men kelgusi o'yinda g'alaba qozonish uchun qo'limdan kelgancha harakat qilaman va mundialga chiqa olamiz deb umid qilaman”, - deya qo'shimcha qildi hujumchi.

Xorij saytidan Nozima Zaripova tarjimasi

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia