Superligadan 12ta, Pro ligadan 1ta. Bu yil kimlar xorijda yig'in o'tkazadi?

Iskandarov Abdulaziz
9 yanv 2023, 17:12
Superliga jamoalari yangi mavsumga tayyorgarlikning navbatdagi bosqichiga kirishishgan.


Ayni paytda Toshkentda bir nechta jamoalar o'quv-mashg'ulot yig'inlarini olib bormoqda. O'rtoqlik uchrashuvlari orqali o'yinni shakllantirish jarayoni boshlangan. Klub rahbarlari esa futbolchilar bilan muzokaralarga kirishishgan. Jamoalar Toshkent bilan cheklanib qolmoqchi emas, quyidagi jadvalga qaraydigan bo'lsak, Superliganing 12ta, Pro liganing 1ta jamoasi bu yil xorijda yig'in olib boradi. Asosiy manzil odatdagidek Turkiya bo'ladi. Bu borada dastlabki yurishni "Neftchi" va "Navbahor" boshlab berdi. Ular 6 yanvar kuni Antaliyaga yo'l olishdi. 

Ma'lumot uchun, "Lokomotiv" o'tgan yili mavsumga Toshkentda tayyorgarlik ko'rgandi. "Temiryo'lchilar" Pro ligadan yagona vakil bo'lmoqda. "Andijon" ketma-ket ikkinchi yil, "Buxoro" esa birinchi marotaba Antaliyada yig'in o'tkazadi. 


Jamoa nomiXorij yig'ini sanasi va manzili
Paxtakor13-27 yanvar, 31 yanvar - 14 fevral. Turkiya. Antaliya
Navbahor6 yanvar - 17 fevral. Turkiya. Antaliya
Nasaf27 yanvar - 17 fevral. Turkiya. Antaliya
AGMK15 - 29 yanvar. BAA. Dubay. 3-17 fevral. Turkiya. Antaliya
Qizilqum3-17 fevral. Turkiya. Antaliya. 
So'g'diyona27 yanvar - 10 fevral. Turkiya. Antaliya. 
Olimpik27 yanvar - 15 fevral. Turkiya. Antaliya. 
Neftchi6 yanvar - 20 yanvar. Turkiya.
Antaliya.
Bunyodkor14-25 yanvar. BAA. Abu-Dabi. 
MetallurgXorij yig'ini bo'lmaydi
SurxonNoma'lum
Lokomotiv (Pro liga)20 yanvar - 10 fevral. Turkiya. Antaliya. 
Andijon27 yanvar - 17 fevral. Turkiya. Antaliya. 
Turon27 yanvar - 10 fevral. Turkiya. Antaliya. 
Buxoro20 yanvar - 10 fevral. Turkiya. Antaliya


2022 yilda kimlar Turkiyaga boradi? Klublarimizning yangi mavsumga tayyorgarlik rejalari haqida


O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia