Superliga. Bugun so'nggi tur boshlanadi

Narzulla Saydullayev
29 noya 2018, 09:20
Bugun Superligada eng so'nggi, 32-turning dastlabki uchta uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Bugungi uchala o'yin ham quyi oltilik jamoalari o'rtasida kechadi. Hozircha "Neftchi" eng so'nggi, 12-o'rinni egallagani ma'lum. "Nasaf" va "Qizilqum" klublari esa quyi ligaga tushib ketmasligi aniq bo'lib ulgurdi. Bir yo'la uch klub pley-offda o'ynamaslik uchun kurashadi.

Eslatib o'tamiz, Superligada 10 va 11-o'rinni egallagan klublar PRO-liganing "Mashal" va "Istiqlol" klublari bilan o'tish o'yinida ishtirok etishadi.


Superliga / 32-tur
29 noyabr, payshanba, 16:00

So'g'diyona – Nasaf              
AGMK – Qizilqum              
Neftchi – Qo'qon-1912      

 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia