Bobur Arena to'lgan o'yinda Andijon va Nasaf jangovar durang o'ynadi

Khoja
30 mar 2024, 21:05
Superliganing 4-turidan o'ringa olgan Andijon - Nasaf uchrashuvi yakunlandi.

Jamoalarning tarkibi bilan tanishing.


"Andijon" – "Nasaf" 1:1 

Gol: 10 - Zoran Marushich (Sharof Muhitdinov), 33 - Islombek Mamatkazin (Bektemir Abdumannonov)

30 mart. "Bobur Arena". 19:00

Bosh hakam: Rahimbek Karimov

Qanot hakamlari: Andrey Sapenko, 

Zaxira hakami: Timur Gaynullin 

VAR: Ibrohim Ismoilov

AVAR: Shohruh A'zamov 

Nazoratchi: Timur Galeev  

Komissar: Shohruh Said

Andijon: 72. Igor Litovka, 5. Abdulvohid G'ulomov, 7. Sherzod Esanov (31. Demir Imeri,60), 8. Farxod Bekmurodov (10. Ilhomjon Abdig'aniev, 75), 13. Sardorbek Azimov, 15. Vladimir Bubanya, 17. Farxodjon Sohibjonov (94. Armin Boshnyak, 75), 26. Muhammadkarim Toirov, 28. Islombek Mamatkazin, 51. Luka Zgurskiy (77. Rustam Turdimurodov, 86), 71. Bektemir Abdumannonov ( 9. Levan Arveladze, 60).

Zaxira: 12. Mohirbek Komilov, 4. Marlen Chobanov,14. Abduraxmon Komilov,  66. Ilhomjon Alijonov, 

Nasaf: 35. Abduvohid Ne'matov, 2. Alibek Davronov, 5. G'olib G'aybullaev ( 9. Javohir Sidiqov,87), 7. Akmal Mozgovoy, 14. Sharof Muhitdinov (88.Marko Stanoevich,71), 20. Viktor da Silva (8. Zafarmurod Abdirahmatov, 46), 22, Igor Golban, 27. Islom Kenjaboev (10. Bobir Abdixaliqov, 46), 32. Zoran Marushich, 34. Sherzod Nasrullaev, 77. Oybek Bozorov (70. Jambuli Jigauri, 71).

Zaxira: 91. Zafar Safaev,21. Doniyor Narzullaev, 30. Temur Chogadze, 44. Shahzod Akramov, 

Ogohlantirish: 15 - Akmal Mozgovoy, 40 - Alibek Davronov

Chetlatish: 


YANGILASH

 

Uchrashuv yakunlandi

Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berdi

90. QANDAY IMKONIYAT!!! Mezbonlar hisobni o'z foydalariga hal qilishlari mumkin edi, biroq Turdimurodov ajoyib imkoniyatdan foydalana olmadi. Hujumchi 1 metrdan gol ura olmadi, Mozgovoydan seyv

87. O'zgarish: G'aybullaevning o'rnida Sidiqov maydonga tushdi

86. O'zgarish: Luka Zgurskiyning o'rniga Rustam Turdimurodov maydonga tushdi

84. Mezbonlarda navbatdagi yaxshi imkoniyat bor edi, biroq Armin Boshnyaknning zarbasiga aniqlik yetishmadi

80. Demir Imerining yaxshi imkoniyatdan foydalana olmadi. Uning zarbasi noaniq ketdi

78. Marko Stanoevichning zarbasi noaniq ketdi

75. O'zgarish: Farhod Sohibjonov va Farhod Bekmurodov o'rniga maydonga Armin Boshnyak va Ilhom Abdug'aniev tushdi.

74. Marushichning boshi bilan yo'llagan zarbasini Litovka qaytarmoqda

71. O'zgarish: Jigauri va Stanoevich maydonga tushdi, ular Bozorov va Muhitdinovni alishtirdi

66. Luka Zgurskiy yaxshi imkoniyatga ega bo'ldi, biroq raqib himoyasi o'z o'rnida

64. Mezbonlar qarshi hujumga o'tib ketishlari mumkin edi, Golban yaxshi harakat qildi

61. O'zgarish: Bektemir Abdumannonov va Sherzod Esanov o'rniga maydonga Demir Imeri va Levan Arveladze tushdi.

55. Andijon jarima zarbasiga ega bo'ldi, biroq mehmonlar bu safar yaxshi harakat qilishdi

52. Nasaf a'zolari ketma-ket hujumlar tashkil qilishmoqda. Hozircha maydon egalari yaxshi himoyalanishmoqda.

46. O'zgarish: Abdurahmatov va Abdixoliqov maydonga tushdi, ular Viktor da Silva va Islom Kenjaboevni alishtirishdi

Ikkinchi bo'lim boshlandi

Birinchi bo'lim yakulandi

45+6. Muhitdinovning zarbasiga ozgina aniqlik yetishmadi

Hakam birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berdi

40. Ogohlantirish: Alibek Davronov hakam tomonidan ogohlantirildi

39. Mezbonlar bu mavsumdagi ajoyib o'yinlar tasodif emasligini bugungi bahs orqali ham ko'rsatishmoqda. Andijon jamoasi hozircha mehmonlardan ko'ra qiziqarliroq o'yin ko'rsatishmoqda

33. GOOOL. Islombek Mamatkazin hisobni tenglashtirdi. Mezbonlar golga haqli o'yin ko'rsatishayotgan edi. Qarshiliklar himoyasidagi xatolikdan so'ng Mamatkazin hisobni tenglashtirdi

26. Bektemir yana yaxshi harakat qildi va to'pni jarima maydonchasiga uzatdi, biroq bu yerda andijonliklardan hech kim yo'q edi

22. Sharof Muhitdinov uzoqdan kuchli va aniq zarba yo'lladi, Litovkadan super seyv

Andijon muxlislariga qoyil qolmaslikning iloji yo'q. Navbatdagi ajoyib performans 

17. Islom Kenjaboev ajoyib harakat qildi va bir nechta raqibdan o'tib zarba yo'lladi, biroq ozgina aniqlik yetishmadi

15. Ogohlantirish: Mozgovoy Esanovni yiqitdi va ogohlantirildi

10. GOOOL. Zoran Marushich hisobni ochdi. Mehmonlar ilk hujumlarining o'zida hisobni ochishga erishdilar. Sharof Muhitdinovdan assist

4. Esanovning yaqin masofadan yo'llagan zarbasiga ozgina aniqlik yetishmadi

3. Bektemir Abdumannonovning jarimadan yo'llagan zarbasini darvozabon ushlab oldi

UCHRASHUV BOSHLANDI!

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.asia