Superliga. Kumikov eng yaxshi murabbiy va 19-turning qolgan laureatlari

Narzulla Saydullayev
23 sen 2021
Kuni kecha Superliganing 19-turidan o'rin olgan o'yinlar yakunlandi.

Championat.asia tur bahslari asosida tur laureatlarini aniqladi.

"Andijon" klubi bu tur o'z maydonida amaldagi chempion va bu mavsum peshqadami "Paxtakor"ga qarshi o'ynadi va 1:0 hisobida g'alabaga erishdi. "Sherlar" mavsumdagi ilk mag'lubiyatni aynan Andijonda qabul qilib olishdi. Shu bois Viktor Kumikov championat.asia sayti talqiniga ko'ra 19-turning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.



"Andijon"ning "Paxtakor"ni mag'lub etishida darvozabon Eldor Adhamovning xizmati katta bo'ldi. U bahs davomida jamoasini bir necha bor muqarrar gollardan saqlab qoldi. Shu bois Championat.asia sayti talqiniga ko'ra, 19-turning eng yaxshi darvozaboni Eldor Adhamov bo'ldi.  



Bu turda "burgutlar" hujumchisi Farhod Sohibjonov "Paxtakor" bilan bahsda ajoyib gol urdi va tur goli muallifiga aylandi. 






"Bunyodkor" Toshkent derbisida "Lokomotiv"ni 3:2 hisobida mag'lub etdi. Shu kuni "qaldirg'ochlar" safida Lutfulla To'raev juda aqlli o'ynadi va ikkita golga assistent bo'ldi. Shu tariqa, Lutfulla To'raev championat.asia talqiniga ko'ra 19-turning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.



O'zbekiston chempionati turnir jadvali >>>>> Superliga


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Championat.asia