Suness: "Hujum qilishda "Manchester Siti" va "Arsenal" "Liverpul"dan yaxshiroq"

Mirjalol Normatov
25 okt 2024, 01:27
"Liverpul"ning sobiq futbolchisi Grem Suness mersisaydliklarning Arne Slot qo'l ostidagi o'yinidan hayratda emasligini aytdi.

"Arne Slot boshqaruvni qo'liga olganidan keyin jamoada kuchayish ko'rmadim. Fikrimcha, jamoa juda himoyaviy o'yin ko'rsatmoqda, balki, ular ochiqroq va hujumkorroq o'ynashi kerakdir. Ular meni hayratlantirishdimi? Yo'q.

"Manchester Siti" va "Arsenal"ning o'yinlarini ko'rar ekanman, ular "Liverpul"dan yaxshiroq ekanligini sezib turibman. Slot yaxshi start oldi, futbolchilarga u bilan ishlash maqul kelmoqda. Lekin hozir jamoa g'alabalarga erishmoqda. Mag'lubiyatlar ketidan muammolar ko'rinishni boshlaydi. Kafolat beraman, muammolar boshlanganda umuman boshqacha Arne Slotni ko'ramiz.

"Chelsi"ga qarshi o'yinning so'nggi daqiqalarida ular o'yinni o'ldirishga harakat qilishdi. Bu yaxshi holat emas, bu "Liverpul"ning uslubi emas. Lekin g'alaba qozonsang, seni maqtashadi. Agarda mag'lub bo'lsang: "Bu "Liverpul"ning uslubi emasdi. Boshqacharoq o'ynash kerak", deyishadi.

Hozircha biz Klopp davridagi rok-n-rollni ko'rmayapmiz. Tarixan olib qarasak, jamoa doimo tashabbusni qo'liga olib o'yin ko'rsatgan", - dedi Suness.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football365