Sulsher: "Yo'qotilgan ochkoda De Xeani ayblashga hech kimning haqqi yo'q"

Tolibjon Qosimov
29 apr 2019, 16:10
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher "Chelsi"ga qarshi o'yin (1:1)dan keyin fikrlarini bildirib o'tdi.

"Bizga g'alaba kerak edi. Yigitlarim o'yinni ajoyib boshlashdi, ko'p vaziyatlar yaratishdi, aqlli gol urishdi. Lekin, ikkinchi bo'limda o'sha tempni ushlab qola olmadik. Biz o'yin darajamizni tushurib yubordik, "Chelsi" esa bundan foydalandi.

David - ajoyib darvozabon, u anchadan beri klubda. "Siti" bilan omadsiz uchrashuvdan keyin u to'g'ri reakciya qildi, men unga mutlaqo ishongandim. Yo'qotilgan ochkoda De Xeani ayblashga hech kimning haqqi yo'q", - dedi Sulsher.


Uchrashuvdan keyin "Chelsi" to'rtinchi, MYU esa oltinchi o'rinda qoldi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: bbc.com