Sulsher Reshfordning jarohati haqida: "Menimcha u "Liverpul" bilan o'yingacha tiklanolmaydi"

Tolibjon Qosimov
17 yanv 2020, 18:48
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher jamoa hujumchisi Markus Reshfordning jarohati haqida gapirdi.

22 yoshli futbolchi Angliya kubogi doirasida "Vulverxempton"ga qarshi bellashuv (1:0)ning 64-daqiqasida zaxiradan maydonga tushgandi. Ammo, bir necha daqiqa o'tib Mett Doertining qo'polligidan so'ng belini ushlab chimga o'tirib olgandi. Markus bahsni davom ettira olmagan va 79-daqiqada almashtirilgandi.

"Nimadir deyish qiyin. Bu yerda bir necha hafta oldin Maguayr bilan sodir bo'lgan holat takrorlanmoqda. U kun davomida yana bir nechta tibbiy tekshiruvdan o'tadi. O'ylashimcha, u tiklanishga ulgurmasa kerak. Lekin, oldinda hali 48 soat bor", - deya Sulsherning so'zlarini keltirdi MYU matbuot xizmati.


Eslatib o'tamiz, "Manchester Yunayted" APL 23-turi doirasida "Liverpul" mehmoni bo'ladi. "Enfild" mezbonlik qiladigan uchrashuv 19 yanvar (yakshanba) kuni soat 21:30da start oladi.


Angliya Premer-ligasi turnir jadvali >>>>> APL

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: manutd.com