Sulsher "Manchester Yunayted"dagi kelajagi haqida gapirdi

Alisher
16 fev 2021, 16:51
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole Gunnar Sulsher manchesterliklar jamoasidagi kelajagi haqida gapirdi.

"Men bu haqda o'yladim, ammo muzokaralar hali bo'lmadi. Hozir mening barcha diqqatim jamoaning joriy mavsumdagi ishtirokiga qaratilgan. Biz barqaror ishtirok etishimiz kerak.

Qachonki muvaffaqiyatsizlikka duch kelsak, birdan inqiroz haqida gap ketadi. Bizni tez-tez tanqid qilishmoqda, ammo men strategiyani belgilab oldim, shu sabab o'zimga va jamoaga ishonaman", - deydi Sulsher.

Sulsherning "qizil iblislar" bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2022 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: VG