Subimendi "Liverpul"ga o'tmaganidan afsusda

Sherzod Nurmatov
20 sen 2024, 13:21
"Real Sosedad"ga sodiqligini ko'rsatgan Martin Subimendi yozda "Liverpul" taklifini rad etdi, ammo endi qaroridan afsusda.

"Estadio Deportivo" nashri xabariga ko'ra, Martin Subimendi San-Sebastya klubiga sodiqligini ko'rsatib, "Liverpul"ga rad javobini berganidan afsuslanayotganini bildirdi. U endi yanvarda "Liverpul" unga yana qiziqa boshlashiga umid qilmoqda. Biroq shartnoma uzaytirilgandan keyin futbolchining shartnomasidagi tovon puli ko'tarilgan.

Eslatib o'tamiz, 25 yoshli futbolchi yozda mersisaydliklar safiga o'tishdan bosh tortgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Estadio Deportivo