

"Men va Messi faoliyatimizni birgalikda yakunlaymizmi? Biz bu haqda 2018 yilda o'ylagandik. Biz faoliyatimizni "Barsa"da yakunlab, keyin yana bir yil MLS'da o'ynashni xohlagandik. Ammo futbol o'zgarmoqda", – dedi "Barselona" sobiq hujumchisi.
Suares hozirda "Gremio"da o'ynamoqda. U "San-Luis"ga qarshi mintaqaviy Superkubok uchrashuvida qatnashib, xet-trik qayd etdi.



