Suares "Barselona"ning so'nggi 10ta golida ishtirok etdi

Mirjalol Normatov
5 yanv 2020, 14:13
"Barselona" hujumchisi Luis Suares ushbu mavsumni ajoyib tarzda o'tkazmoqda.

"Gracenote Live" xabariga ko'ra, "ko'k-anorranglilar"ning Primerodagi so'nggi 10 golida urugvaylik futbolchi qatnashgan. U 6 o'yinda 4 gol urdi va 6 golga assistentlik qildi.

"Barselona"ning keyingi raqibi "Atletiko" bo'ladi. "Matraschilar"ga qarshi o'yin Ispaniya Superkubogining 1/2 finali doirasida 9 yanvar kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Gracenote Live