Stounz uzoq muddatga safdan chiqdi

Sherzod Nurmatov
21 fev 2025, 18:30
Pep Gvardiola yakshanba kuni bo'lib o'tadigan "Manchester Siti" – "Liverpul" o'yini oldidan ikki asosiy o'yinchisi haqida ma'lumot berdi.

Hujumchi Erling Holand o'tgan haftada "Nyukasl"ga qarshi o'yinda (4:0) tizzasidan jarohat olib, "Real"ga YCHL uchrashuvida qatnashmagandi.

Norvegiyalik futbolchining jismoniy holati haqida so'ralganda, Gvardiola Holandning "Liverpul"ga qarshi o'yinda ishtirok etishi so'roq ostida ekanligini ma'lum qildi.

"Hali aniq emas. Ertaga aniqlaymiz, hozircha bilmayman".

Chorshanba kuni "Bernabeu"da atigi 7 daqiqa maydonda harakat qilib, oqsoqlangancha chiqib ketgan himoyachi Jon Stounzning sog'lig'i haqida quyidagilarni ta'kidladi.

"U jarohatda. Keyingi soatlar, kunlar ichida unga operaciya kerakmi yoki yo'qmi, bilib olamiz... U Manuel Akanji singari uzoq muddatga safdan chiqdi".

Eslatib o'tamiz, APL doirasidagi "Manchester Siti" – "Liverpul" bahsi 23 fevral kuni 21:30 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: onefootball.com