

Hujumchi avval rejalashtirganidek mavsumoldi tayyorgarligiga qaytmadi. Xabar qilinishicha, futbolchi shu yo'l bilan Portugaliya klubini o'zini "Arsenal"ga sotishga ko'ndirmoqchi.
Shvetsiyalik allaqachon "Sporting" prezidenti Frederik Varandashni klubda boshqa o'ynamasligi haqida xabardor qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
"Xotirjammiz. Transfer oynasi yopilishi, katta jarima va jamoadan uzr so'rash orqali hammasi hal bo'ladi. Agar ular ("Arsenal" - Championat.asia) Viktor Gyokeresh uchun adolatli bozor narxini to'lashga tayyor bo'lmasa, biz uni yana uch yilga olib qolishdan xursand bo'lamiz.
Agar bu strategiya ortida turgan daholar shu yo'l bilan uning ketishini osonlashtirish uchun menga bosim o'tkazyapmiz deb o'ylashsa, ular nafaqat xato qilishadi, balki transfer shartlarini yanada murakkablashtirib yuborishadi.
Hech kim klub manfaatlaridan yuqori turmaydi - kim bo'lishidan qati nazar", - dedi "Sporting" prezidenti Frederik Varandash Lusa agentligiga bergan intervyusida.
Gyokereshning shartnomasi 2027/28 yilgi mavsum oxirigacha mo'ljallangan. Unda 100 million evro miqdorida tovon puli belgilangan.



