"Spartak" niderlandiyalik futbolchining transferini e'lon qildi

17 yanv 2021, 00:06
Moskvaning "Spartak" klubi matbuot xizmati PSV yarim himoyachisi Yorrit Xendriksning transferini e'lon qildi.

Futbolchi "Spartak" bilan uzoq muddatli shartnoma imzolagan. Hozircha bitimning tafsilotlari ochiqlanmadi.

Xendrik tez orada Dubayda yig'in o'tkazayotgan asosiy jamoa tarkibiga borib qishiladi.

Oldinroq yarim himoyachi moskvaliklar bilan 3,5 yilga mo'ljallangan shartnoma imzolashi va yiliga 1,2 mln evro maosh olishi to'g'risida xabarlar tarqalgan edi.

Xendriks PSV tarkibiga 2013 yilda qo'shilgan. U Eyndxoven jamoasi uchun 239 o'yin o'tkazgan: 8 gol, 17 assist, 27 sariq va 2 ta qizil kartochka.

O'xshash yangiliklar


Manba: spartak.com