

Ushrashuvga tariflar ko'p Chempionlar Ligasi klasikosi, gigantlar to'qnashuvi, azaliy raqiblar janggi... Men bu o'yinga biroz boshqacharoq tarif bergan bo'lardim.
Yarador sherlar to'qnashuvi.

Joriy mavsumda ikkala tomon ham milliy chempionatda muvaffaqiyatsizlikka uchramoqda. Klopp jamoasi ayni paytda APL turnir jadvalida 8 chi pog'onada joylashgan bo'lsa, madridliklar LaLiga chempionlik poygasida azaliy raqib Barselonani 8 ochkoga oldinga qo'yib yuborishgan. 8 ochko va 8 chi o'rin, shu yerda ham o'xshashlik bora. Joriy mavsum Real ham Liverpul ham muammolar girdobiga kirib qoldi. Tarkib asosini tashkil qilgan futbolchilarning yoshi o'tishi, avlodlar almashinuvi ikki tomonda ham qiyin kechmoqda. Jarohatlar masalasida ham o'xshashlik. Mezbonlardan, Tiago Alkantara, Luis Dias aniq o'ynamaydi, shuningdek Darvin Nunez va Ibrahim Konatelarning ham maydonga tushish ehtimoli past (ularda ham jarohat) Van Deyk va Jota yaqinda jarohatdan qutilib chiqdi. Madridliklarda Tchuameni, Toni Kroos, Ferlan Mendy jarohat sabab qaydnomaga kiritilmagan bo'lsa, Karim Benzema reabilitaciyadan endi qaytdi.
So'nggi ilinj.

Joriy mavsum Anchelotti xususida ham Klopp haqida ham iste'foga oid xabarlar bot-bot chiqib turdi. Nima uchunligini yuqorida aytib o'tdik. Milliy chempionatlardagi muvaffaqiyatsizlik sabab, asosiy fokus Chempionlar Ligasiga qaratilganligi tabiiy. Bu borada rahbariyat tomonidan murabbiylarga shartlar va talablar qo'yilgandir ehtimol. Jamoalarning YCHLdagi ishtiroki murabbiylarning keyingi faoliyatini belgilab bersa ajabmas. Shu tomondan intriga yuqori. Ko'ramiz va kuzatamiz. Anchelotti yoki Klopp qaysi murabbiy jamoasidagi kemtiklarni berkita oladi, qay biri aql jangida g'olib bo'ladi.
Bonus.

Kurash allaqachon boshlanib bo'ldi, tungi soat 2 larda mersisaydlik muxlislar “Real Madrid” joylashgan mehmonxona oldida mushakbozlik uyushtirishgan. Ular qanchalik maqsadlariga yetishdi, o'yindan so'ng bilib olamiz.
Jaloliddin Xalilov.



