Song Afrika kubogida ishtirok etishga qaror qildi

Narzulla Saydullayev
23 dek 2014, 13:13
"Vest Xem" yarim himoyachisi Aleksandr Song yanvar oyida Kamerun terma jamoasi safida Afrika kubogida ishtirok etishga qaror qildi.
Ebola virusi tufayli Marokash Afrika kubogini o'tkazishdan voz kechdi. Shu bois tashkilotchilar musobaqani Ekvatorial Gvineyaga ko'chirdi.

Song ushbu virusdan qo'rqib xattoki terma jamoadagi faoliyatini vaqtincha to'xtatishga qaror qilgandi.

Biroq, The Telegraph nashrining xabariga ko'ra, 27 yoshli futbolchi yaqin orada Sem Ellardaysga Afrika kubogiga borishini aytmoqchi.
 
FIFA qoidasiga ko'ra, afrikalik futbolchilar musobaqa boshlanishiga 14 kun qolganida jamoa ixtiyoriga yetib borishi kerak. "Vest Xem" 5ta o'yinga Song, senegallik Sheyk Kuyate va Diafra Sakoning xizmatidan foydalana olmaydi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fapl.ru