Son Xen Min borasidagi appelyaciya qabul qilinmadi
Mirjalol Normatov
24 dek 2019, 20:59
APLning 18-turi doirasida "Chelsi"ga qarshi bahsda Antonio Ryudigerni yiqitgani bois qizil kartochka olgan Son Xen Min uchun berilgan appelyaciya qabul qilinmadi.
Ushbu qizil kartochkadan keyin "Tottenxem" rahbariyati bu borada Angliya Futbol Assotsiatsiyasiga appelyaciya bilan chiqqandi. Biroq tashkilot bu borada qanotlanmadi.
Shu orqali Son navbatdagi 3 o'yinni o'tkazib yuboradigan bo'ldi.