Son haqida fikr bildirgan 77 yoshli SkySports sharhlovchisini irqchilikda ayblashdi

Aslanov Jasurbek
2 may 2023, 01:30
SkySports telekanalida Son Xyon Min haqida qo'pol jumla yangradi.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Liverpul" - "Tottenxem" (4:3) o'yini paytida sharhlovchi Martin Tayler Sonning Kodi Gakpoga nisbatan ishlatgan qo'polligidan so'ng, "shporlar" futbolchisi sharq yakkakurashlari uslubida himoyalanyapti" dedi.

77 yoshli sharhlovchini bu gap uchun ijtimoiy tarmoqlarda irqchilikda ayblashdi.

Kanal vakilining so'zlariga ko'ra, xodim bilan suhbat o'tkazilgan: "Martin Taylerga so'zlarni to'g'ri tanlash tushintirib o'tildi. U hech kimni haqorat qilishni istamagandi".

Tayler 1990 yildan beri SkySport telekanalida ishlaydi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Mirror