“So'g'diyona” oq-qora, “Nasaf” ko'k rangli libosda o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
31 iyul 2018, 23:44
Superliga 20-turida “So'g'diyona” o'z maydonida “Nasaf”ni qabul qiladi.

Ushbu bahs oldidan o'yin komissari Baxtiyor Nomozov boshchiligida har ikki jamoa rasmiylari ishtirokida miting bo'lib o'tdi. Unda ertangi o'yinning tashkiliy masalalari hal qilindi va uchrashuvda jamoalar qanday libosda harakat qilishlariga aniqlik kiritildi. Unga ko'ra “So'g'diyona” oq-qora, “Nasaf” ko'k rangli libosda harakat qiladi.

Eslatib o'tamiz, bahs 1 avgust kuni soat 19:00da “So'g'diyona” stadionida boshlanadi.

 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Сўғдиёна” матбуот хизмати