"So'g'diyona" OFK Kubogi guruh bosqichiga yo'l oldi

Mirjalol Normatov
15 mar 2022, 23:18
"Nasaf" OCHL saralashida BAAning "Baniyas" jamoasini mag'lub etdi va guruh bosqichiga yo'l oldi.

Shu orqali o'tgan mavsum Superligada 2-o'rinni qo'lga kiritgan "So'g'diyona" jamoasi OFK Kubogi guruh bosqichida ishtirok etadigan bo'ldi.

24-30 iyun kunlari Tojikistonning Dushanbe shahri "E" guruhi o'yinlariga mezbonlik qiladi.

Unda Jizzaxning "So'g'diyona"si Tojikistonning SSKA, Turkmanistonning "Oltin Asir" va Qirg'izistonning "Neftchi" jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Qayd etish kerak, "So'g'diyona" o'z tarixida ilk marta xalqaro turnirda ishtirok etadigan bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia