“So'g'diyona“ ikki nafar legioneri bilan xayrlashdi

Khoja
9 iyul 2025, 08:05
“So'g'diyona“ matbuot xizmati jamoani ikki nafar legioner tark etganini e'lon qildi.

Jamoa Luka Jorjevich va Ehsoni Payshanbe bilan tuzilgan shartnomani o'zaro kelishuvga ko'ra bekor qildi.

Jorjevich joriy mavsum Superligada 8 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida bittadan gol va golli uzatma bor. Tojikistonlik futbolchi esa jizzaxliklar safida 14 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida ham 1 tadan gol va golli uzatma bor.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: @pfcsogdianauz