Sobiq hakam Burrul Realning ikkinchi penaltisi haqida: Noto'g'ri belgilangan. O'yinchi yiqildi, qo'l harakati tabiiy

Aslanov Jasurbek
17 sen 2025, 18:31
Sobiq hakam Burrul Marselga qarshi o'yinda Realning ikkinchi penaltisi noto'g'ri belgilandi degan fikrda.

Marsel Chempionlar Ligasining 1-turida Realga yutqazdi (1:2). Madridliklarning ikkala goli penaltidan urildi – Kilian Mbappe ikki marta adashmadi. Ikkinchi 11 metrlik jarima to'pi Irfan Pelto tomonidan 79-daqiqada Fakundo Medinaning qo'liga to'p tegib ketgani uchun belgilandi, u "podkat"da Vinisiusdan to'pni olishga uringan edi.


Mening fikrimcha, penalti noto'g'ri belgilangan, chunki bu tabiiy harakat. O'yinchi yiqildi va uning qo'li to'pga intilmadi, – dedi Alfonso Peres Burrul.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca