Soat 15:00da Chempionlar Ligasi 1/4 va 1/2 finallari uchun qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tadi

Alisher
10 iyul 2020, 13:52
Bugun UEFA shtab-kvartirasi Nonda Chempionlar Ligasi uchun qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tadi.

O'yinlarning nominal mezbonlarini aniqlash uchun 1/4 va 1/2 final o'yinlari uchun qur'a tashlanadi.

Qur'a Toshkent vaqti bilan soat 15:00da boshlanadi.

"Atalanta", "Atletiko", PSJ va "RB Leyptsig" klublari 1/4 finalga yo'l olishgan.

1/8 final doirasida quyidagi o'yinlar qolgan: "Barselona" - "Napoli" (birinchi o'yin - 1:1), "Yuventus" - "Lion" (birinchi o'yin - 0:1), "Bavariya" - "Chelsi" (birinchi o'yin - 3:0) va "Manchester Siti" - "Real" (birinchi o'yin - 2:1).

1/8 finalning qolgan o'yinlari 7-8 avgust kunlari mezbon jamoalarning stadionlari (muxlislarsiz)da bo'lib o'tadi.

1/4 final bosqichidan boshlab esa Chempionlar Ligasi o'yinlari Lissabonda "final sakkizligi" shaklida bo'lib o'tadi.

Chorak final o'yinlari 12-15 avgust, yarim final o'yinlari esa 18-19 avgust kunlari bitta o'yin formatida bo'lib o'tadi. Final esa 23 avgust kuniga belgilangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia