Sneyder: "Ronaldu "Yuventus"ga Chempionlar ligasini yutishga yordam bera olmaydi"

Aslanov Jasurbek
17 avg 2018, 09:50
"Al-Garafa" yarim himoyachisi Uesli Sneyderning fikricha, hujumchi Krishtianu Ronalduning "Yuventus"ga o'tishi turinliklarga Chempionlar ligasida g'olib chiqishga yordam bermaydi.

"Yuventus" Chempionlar ligasida g'olib bo'la olmaydi. Bu bir futbolchiga bog'liq emas. Krishtianu - vaziyatni o'zgartiradigan o'yinchi emas. "Yuventus"dan kuchliroq jamoalar bor. Ronalduning transferi - Italiya chempionati uchun ajoyib qaror, ammo Chempionlar ligasi uchun ko'prog'i kerak" - deydi Sneyder.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: beIN Sports