Snaydyerda boshqa klublardan taklif yo'q

Aslanov Jasurbek
5 yanv 2015, 09:44
"Galatasaray" yarim himoyachisi Vesli Snayder agenti Gvido Albersning takidlashicha, turk klubi futbolchini kamida 20 mln evroga sotmoqchi.

"Agar "Yuventus" rostdan ham Snayderga qiziqib qolgan bo'lsa, klub buni "Galatasaray" bilan hal qilishi kerak. To'lov bahosi - 20 mln evro. 5, 10 va xatto 12 mln ham emas. 20 mln. Men bilan suhbatlashishning foydasi yo'q, chunki futbolchini men sotmayman. Ayni damda futbolchiga hech kim taklif yubormadi, Vesli esa "Galatasaray"da bahtli" - deydi agent.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sport-express.ru