Skoulz barchani shokka tushirgan holda futbolga qaytdi FOTO

Mirjalol Normatov
2 sen 2018, 18:52
"Manchester Yunayted"ning afsonaviy futbolchilaridan biri Pol Skoulz kecha "Royton Taun" jamoasi tarkibida maydonga tushdi.

YCHL g'olibi jamoaning 8-raqamida harakat qildi. Ushbu raqamda uning o'g'li Aaron to'p surayotgandi. "Royton Taun" Manchester shahrida joylashgan bo'lib, jamoa Angliyaning 11-divizionida ishtirok etadi. Bahsda "Royton" "Stokport" jamoasiga 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi.

Skoulz Angliya termasida 66 uchrashuvda qatnashgan va 14 gol kiritgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal