Skenderbeu ketma-ket to'rtinchi marta Albaniya chempioni bo'ldi

Narzulla Saydullayev
1 may 2014, 13:50
Skenderbeu Albaniya chempionatining 31-turida Kukesi bilan durang o'ynadi (3:3) va chempionat tugashiga ikki tur qolganida chempionlikni rasmiylashtirdi.
Korcha shahri klubi Albaniyada 2011 yildan buyon muntazam ravishda chempion bo'lib kelmoqda. Undan oldin Skenderbeu 1933 yilda Albaniyada tengsiz bo'lgandi.

Shunday qilib, 2014/15 yilgi Yevropa Chempionlar ligasini Skenderbeu ikkinchi bosqichdan boshlaydi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru