Skaloni: "Messi JCH-2026da o'ynay oladi, agar psixologik muammo bo'lmasa..."

Omonjon To`xtamirzayev
28 yanv 2024, 12:36
Argentina terma jamoasi ustozi Lionel Skaloni "Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messining 2026 yilda bo'lib o'tishi rejalashtirilgan Jahon chempionati ishtirok etish imkoniyatlari haqida gapirdi.

"Shunday futbolchilar borki, 39-40 yoshda ham yuqori darajada to'p tepa oladi. U ham bu ishni uddalasa ajablanmayman.

O'ylashimcha, buning imkoni bor. Uning jismoniy holatiga butkul shubha qilmayman, bu borada ko'nglim to'q. Barchasi u o'zini qanday his qilishi va psixologiyaga bog'liq. Leo biz bilan bo'lsa, men faqat xursand bo'laman", - dedi Lionel Skaloni.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Marca