

Uchrashuvning 64 daqiqasida "Atletiko" to'pni autdan o'yinga kiritayotgan edi, o'sha vaqtda Korrea "Real" himoyachisi Antonio Ryudigerni tirsagi bilan ko'kragiga engil zarba berdi. Bosh hakam Xesus Xil Mansano tezda forvardga qizil kartochka ko'rsatdi.
"Bu zarba emas. Ryudigerning bo'yi 194 sm va bu "kuchli zarba"dan so'ng o'tirib oldi va tezda o'rnidan turdi.
Bu sariq kartochka bo'lshi mumkin, ammo ushbu harakat uchun chetlataverishsa, maydonda futbolchilar qolmaydi.
Voqea takrorlanmoqda, bu odatiy holga aylanib qolyapti. Teng sharoitda kurashsak zo'r bo'lardi.
Har safar "Santyago Bernabeu"ga kelganimizda hamma narsa raqibning foydasiga ishlaydi" - deydi Simeone.



