Simeone: "Ispaniya Kubogi yarim finalida "Barselona"? Bu sovrin uchun kurashning bir qismi"

Aslanov Jasurbek
28 yanv 2017, 13:45
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone Ispaniya Kubogi yarim finalida "Barselona" bilan to'qnash kelishi haqida fikr bildirdi.

"Agar chempion bo'lishni istasangiz, "Real" yoki "Barselona"ni mag'lub etishingiz shart.

Top-jamoalar bilan to'qnash kelish - sovrin uchun kurashning bir qismi" - deydi mutaxassis.

Ushbu jamoalar o'rtasidagi ilk bahs "Visente Kalderon"da bo'lib o'tadi. Birinchi uchrashuvlar 1-2 fevral, javob o'yinlari esa 8-9 fevral kunlari bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca