

"U hozircha biz bilan ekan, klub uchun borini berishiga harakat qilaman. Keyinchalik nima bo'lishini ko'ramiz", - dedi Simeone "Elche" (2:0)ga qarshi o'yindan so'ng.
Oldinroq, Feliksning qishki transfer oynasida "Atletiko"dan ketmoqchiligi aytilgan edi.
Portugaliyalik futbolchining Madrid klubi bilan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali o'yinchini 50 million evroga baholamoqda.
Feliks joriy mavsum "Atletiko" safida barcha musobaqalarda 19ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 3ta assist qayd etdi.



